Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi zimmasiga davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklandi.
Vazirlik tuzilmasida Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi negizida Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish bosh boshqarmasi hamda vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy shtat birliklari doirasida Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.
Shunga ko‘ra, Moliya vazirligi:
- davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish, shu jumladan davlat korxonalari, xo‘jalik birlashmalarining xo‘jalik va boshqarish funksiyalarini ajratish orqali ularni restrukturizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda tijorat banklarida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutib, ularni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?