Respublika Gidrometeorologiya markazi 26-29 may kunlari bo‘yicha ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq; 27 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 34–39 daraja issiq; 28 mayda kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 34–39 daraja issiq; 29 mayda kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq; 27 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 34–39 daraja issiq; 28–29 mayda kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 34–39 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 mayda kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq; 27 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq; 28–29 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 31–36 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 mayda kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq; 27–29 mayda kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 34–39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 mayda kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq; 27 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 27–32 daraja issiq; 28–29 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 32–37 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 26–27 mayda 3–8 daraja, 28–29 mayda 5–10 daraja, kunduzi 26 mayda 13–18 daraja iliq, 27–29 mayda 18–23 daraja issiq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi