09:08 / 28.05.2019
6 554

Prezident maktabida o‘qish uchun qaysi fanlarni a’lo bahoga bilish kerak?

Prezident maktabida o‘qish uchun qaysi fanlarni a’lo bahoga bilish kerak?
Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun STEAM (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) yo‘nalishi bo‘yicha fanlardan a’lo baho olish talab etiladi. Bu haqda 27 may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Bu nima degani?
  • Ya’ni 4-sinf bitiruvchilari matematika va tabiatshunoslik kabi fanlardan a’lo bahoga o‘qigan bo‘lishi;
  • 5-sinf bitiruvchilari matematika faniga qo‘shimcha tarzda biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari;
  • 6-sinf bitiruvchilari ham matematika faniga qo‘shimcha biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika fanlaridan baholari a’lo bo‘lishi talab etiladi;
  • 7 – 9-sinflarni bitirgan o‘quvchilar algebra, geometriya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha baholari a’lo bo‘lsagina hujjat topshirishi mumkin.

Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun ba’zi fanlarni a’lo bahoga o‘zlashtirish talab etiladi. Xalq ta’limi vazirining aytishicha, bu birlamchi talab xolos. Bu hech narsani hal qilmaydi, "besh" baho uchun nomzodlarga hech qanday qo‘shimcha ball berilmaydi.

"Ota-onalar farzandim "besh"ga o‘qimagan bo‘lsa Prezident maktabiga qabul qilmas ekan deb tabellarni o‘zgartirib, haqiqiy baholarni sun’iy ravishda "besh"ga almashtirish yo‘llarini qidirmasin. Bundan bolaga hech qanday foyda yo‘q", – deya ta’kidladi Sherzod Shermatov.

Nomzodlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, 2018/2019-o‘quv yilidagi tabeli va uning nusxasi hamda ta’lim olayotgan maktabidan belgilangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etishi kerak.

Hujjatlarni topshirish faqat ariza beruvchining tahsil olayotgan hududi bo‘yicha amalga oshiriladi. Arizachi o‘qiyotgan maktabning hududiy joylashuvi Prezident maktabi ochilayotgan hududga mos kelishi kerak. Boshqa viloyatlar maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar 2020 – 2021-yillarda boshqa viloyatlarda tashkil etiladigan Prezident maktablariga hujjat topshirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident maktabida o‘qish uchun qaysi fanlarni a’lo bahoga bilish kerak?