15:40 / 31.05.2019
3 133

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil qilinadi

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil qilinadi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida, yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil qilinadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, uning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, iste’mol tovarlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish, aholining huquqiy iste’mol madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish, iste’molchilar huquqlarini, shu jumladan sudlarda himoya qilish va boshqalar belgilanadi.

Agentlikka quyidagi vakolatlar beriladi:

Nazorat xaridini amalga oshirish - chakana savdo nuqtalarida xalq iste’moli tovarlarining nazorat xaridini o‘tkazish, qonun hujjatlariga mosligi yuzasidan ekspertiza qilinishini tashkil qilish;

Ko‘rsatma berish - iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma berish;

Tekshirish o‘tkazish - iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishi holatini asoslovchi dalillar mavjud bo‘lganda tekshirishlar o‘tkazish;

Hujjatlarni yuborish - qonun hujjatlari talablari buzilishi to‘g‘risidagi materiallarni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bergan vakolatli davlat organiga tegishli chora ko‘rish uchun yuborish;

Iste’mol bozorida narxlarni o‘rganish - iste’mol bozorini, tovarlar va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini o‘zgarishi tahlil qilish, narxlarni barqarorlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

Reklama bozorini tartibga solish - reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamani yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish.

Tashkil qilinayotgan Agentlik iste’molchilarga o‘zlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda yuqori darajada ko‘maklashadi, reklama bozorini tartibga solishda, shuningdek, iste’mol tovarlari va xizmatlar bozorida sifat va xavfsizlikni ta’minlashda vakolatli davlat organlarining hamda jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil qilinadi