18:57 / 02.06.2019
3 262

O‘zbekistonda vodorodda yuradigan avtomobillar ishlab chiqarish uchun nimalar qilish kerak?

O‘zbekistonda vodorodda yuradigan avtomobillar ishlab chiqarish uchun nimalar qilish kerak?
O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishga «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi qonun qanchalik imkon beradi yoki qo‘llab-quvvatlaydi? O‘zbekistonda vodorodli avtomobillar ishlab chiqarish istiqbollari qanday? Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishtirok etgan Oliy Majlis spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov shu haqda o‘z fikrini bildirdi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

«Barcha narsa nisbiy tushuncha. Nega deganda, elektromobil elektr energiyasida harakatlanadi. Bu to‘g‘ri. Ammo, o‘sha elektr energiya qaysi manbadan olinadi? Biz tramvay, trolleybusni ekologik toza transport deymiz-ku, lekin uni harakatlantirayotgan energiya ko‘mir yoki uglevodorodlarni yoqishdan olinsa, bu energiyani ekologik toza deya olamizmi?

Elektromobillar ishlab chiqarishdan tashqari, oldinda yana bitta yo‘nalish bor. Hozirgi kundagi ilg‘or mamlakatlar, xususan, AQSh, YeI mamlakatlari va Yaponiyada kreogen yoqilg‘i hisoblanuvchi vodorodda ishlaydigan transport vositalarini ham ishlab chiqarish boshlandi. Mana bu sohada ham, ya’ni vodorodda ishlaydigan transport vositalarini ishlab chiqarish borasida ish olib borilmoqda.

Nimaga? O‘zbekistonda atmosferaga chiqarilayotgan 2,2 mln tonna zararli moddalarning 60 foizi transport vositalari hissasiga to‘g‘ri kelishi, ular orasida saraton xastaliklarini keltirib chiqaruvchi gazlar borligi e’tiborga olinsa, suyultirilgan (azot vositasida sovutilgan) vodoroddan yoqilg‘i sifatida foydalanish naqadar dolzarb ahamiyat kasb etishi oydinlashadi. Chunki, vodorodni yoqqanda suv bug‘i havoga chiqariladi.

Shu bilan birga, bugungi kunda jahon miqyosida yiliga 100-120 mln tonnaga yetgan bo‘lsa-da, vodorodni sanoat usulida ishlab chiqish ancha serxarajat ish bo‘lgani bois, yangi-yangi innovatsion texnologiyalarni topishga bel bog‘lash kerak», - deya ta’kidladi Boriy Alixonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda vodorodda yuradigan avtomobillar ishlab chiqarish uchun nimalar qilish kerak?