11:10 / 03.06.2019
3 694

Shavkat Mirziyoyev: «Agar xalqimizga suv ham berolmasak, kabinetda o‘tirishga haqqimiz yo‘q»

Shavkat Mirziyoyev: «Agar xalqimizga suv ham berolmasak, kabinetda o‘tirishga haqqimiz yo‘q»
Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

«Oltin voha» telegram kanali xabariga ko‘ra, viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, unumdor, suvli ekin maydonlaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari tanqidiy tahlil qilinyapti.

Davlat rahbari suv muammosiga to‘xtalgan. Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Xolmatov hisobot bergan.

«Agar xalqimizga suv ham berolmasak, kabinetda o‘tirishga haqqimiz yo‘q...», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Prezident Toshkent viloyatidagi muhit haqida ham so‘z yuritdi.

«Bir kunda 200 varaq kitob o‘qishimiz kerak. Afsus, buni unutib yuborganmiz.
Poraxo‘rlar, o‘g‘rilar shakllangan. Mana Toshkent viloyati ma’naviyati. Bor muhit - shu. Bu - haqiqat»
, - deydi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: «Agar xalqimizga suv ham berolmasak, kabinetda o‘tirishga haqqimiz yo‘q»