12:08 / 03.06.2019
4 061

Hukumat qarori: Gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshmaydigan bo‘ldi

Hukumat qarori: Gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshmaydigan bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 maydagi yangi qarori imzolanib, unga ko‘ra O‘zbekistonda tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek elektr energiyasi narxlari oshmaydigan bo‘ldi.

Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, qaror yoqilg‘i-energetika resurslarini sotish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tishning iste'molchilarga ta'sirini yengillashtirish maqsadida qabul qilingan.

«Yoqilg‘i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi mazkur qaror bilan 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlarning oshirilishi bekor qilindi.

Mazkur qaror bilan sohaga oid boshqa yangiliklar ham amaliyotga joriy etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi belgilab qo‘yilgan edi.

30 may kuni Moliya vazirligi 2019 yilning 1 iyunida gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshirilmasligini ma'lum qildi.

«Tabiiy gaz va elektr energiyasiga belgilangan narxlar oshiriladi, lekin 1 iyundan emas. Biz narx oshirilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydik», — deyishgan Moliya vazirligidagilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hukumat qarori: Gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshmaydigan bo‘ldi