18:55 / 04.06.2019
3 103

O‘zbekistonning o‘z "Oltin halqa"si tashkil etiladi

O‘zbekistonning o‘z "Oltin halqa"si tashkil etiladi
Toshkent viloyati hokimligi qiymati 500 mln dollardan ortiq bo‘lgan "Oltin halqa" tashkil etish konsepsiyasini tayyorladi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘nalish yettita shahar hamda xalqaro darajadagi uchta kurortni o‘z ichiga oladi.

Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, "Oltin halqa"ning tashkil etilishi hududdagi mehmonxonalar sonini to‘rt, mehmon uylari sonini uch yarim hamda turistlar sonini ikki baravarga oshirish imkonini beradi.

Avvalroq O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Farg‘ona vodiysida Rossiyadagi turistik "Oltin halqa"ning muqobilini tashkil etish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi. Loyihani xorij texnik va moliyaviy vositalarini jalb etish orqali 2019 yil dekabriga tayyorlash rejalashtirilgan.

Davlat turizm qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonga kelgan jami turistlar soni 2017 yildagiga nisbatan qariyb ikki baravarga oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning o‘z "Oltin halqa"si tashkil etiladi