22:12 / 06.06.2019
14 417

Amir Temur qanday qilib “Temurlang” yoki “Oqsoq Temur” degan nom olgan?

Amir Temur qanday qilib “Temurlang” yoki “Oqsoq Temur” degan nom olgan?
Bizning milliy qahramonimiz, baland boʻyli, kelishgan, baquvvat va 35 yil jang maydonida hech ham magʻlubiyat koʻrmagan sohibqiron bobomiz- Amir Temur qanday qilib “Temurlang” yoki “Oqsoq Temur” degan nom olgan? degan savolga javob topamiz.

Mixail Gerasimov boshchiligidagi shoʻro tarixchilari Amir Temur qabrini ochib koʻrishgandi
1941- yil Mixail Gerasimov boshchiligidagi shoʻro tarixchilari Amir Temur qabrini ochib koʻrisharkan, uning haqiqatdan ham oqsoq boʻlganini tasdiqlashgan.
Tarixchilarga koʻra, oʻng oyogʻi son suyagining tizzaga birlashgan yerida jarohat izi yaqqol koʻzga tashlangan.

Ana shu jarohat tufayli u yurganda oʻng oyogʻini sudrab bosgan va buning natijasida, chap yelkasi boshqasidan anchayin balandroq boʻlib qolganligi ham koʻringan.

Amir Temurning suyaklarini oʻrganisharkan, tarixchilar uning oʻng yelkasi va qoʻlida ham jarohatlar boʻlganini qayd etishgan.

XIV asrda Temurning raqiblari hisoblangan Usmoniylar, Bagʻdod va Damashq hukumdorlari uchun jismoniy nuqsoni uchun uni mazax qilish jang maydonida magʻlub qilishdan koʻra osonroq boʻlgan.

Tarixiy manbalar Temurning oqsashiga shubha qoldirmaydi. Biroq, jarohatni u qanday olgani borasidagi faktlar bir-biriga qarama-qarshi.
Ayrim manbalarda - Temur oʻsmirlik paytida olgan jarohati tufayli ekani aytiladi.

Boshqalarida esa, Amir Temur bu jarohatini 1363- yili Xurosonda Siston xoniga qarashli lashkarlar safida boʻlgan payti olgan. Bu hozirgi Afgʻoniston janubi-gʻarbida joylashgan Dashti Margo hududidir.

XV asrda yashab oʻtgan suriyalik tarixchi Ibn Arabshohning yozishicha, oʻz chorvasiga koʻz tikayotgan Temurni koʻrib qolgan bir choʻpon uni kamonidan oʻq uzib yaralagan. Ammo, Ibn Arabshoh Temurga nisbatan oʻta adovatli munosabatda boʻlgan.

1404- yili Samarqandga safar qilgan Ispan elchi Klavixo esa, Temur Siston otliq askarlarga duch kelgan payti qanchalar koʻp lashkaridan ayrilgani haqida yozadi.

«Ular Temurni ham otidan yiqitib, oʻng oyogʻini jarohatladilar. Shundan soʻng, u bir umr oqsoq boʻlib qoldi va Temurlang nomini oldi», deb yozadi Klavixo.

Amir Temur- tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Dariy Perviy, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turadi.

Forslar Amir Temur bobomizni oyoqlaridagi guqsoniga ishora qilib “Temurlang” deb atashgan boʻlsalarda ammo biz oʻzbeklar uchun haqiqiy qahramon, insoniyat tarixidagi eng qatʼiyatli, adolatli shaxslardan biri hisoblanadilar. Amir Temur haqidagi bilimlarimizda esa ham hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida gavdalanadi. Biz yoshlar mana shunday bobomiz borliklaridan albatta faxrlanishimiz kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Amir Temur qanday qilib “Temurlang” yoki “Oqsoq Temur” degan nom olgan?