18:30 / 13.06.2019
2 529

Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov hamkorlik masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zaro savdo hajmi izchil ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya yo‘lga qo‘yilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Sooronbay Jeenbekov va Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama munosabatlarning barcha yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirishdi.

ShHTning navbatdagi sammiti 13-14 iyun kunlari Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda ShHT tarkibiga 8 ta davlat – O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston kiradi. 4 ta davlat – Mo‘g‘uliston, Eron, Afg‘oniston va Belarus kuzatuvchilar, yana 6 davlat – Shri-Lanka, Turkiya, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Kamboja va Nepal muloqot bo‘yicha sheriklar maqomiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov hamkorlik masalalarini muhokama qildi