Foto: Hasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Oliy Majlis Senatida yigirmanchi yalpi majlis kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z ishini davom ettirmoqda.
Senatorlar «Turizm to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildilar. Bu haqda «Xs.uz» xabar berdi.
Hujjat turistik faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy va institutsional bazasini shakllantirish, milliy turistik mahsulotni ichki va jahon bozorlarida tanitishga ko‘maklashish, sayohat industriyasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqildi.
Qonunda mazkur sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab beriladi. Turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, soliq va bojxona imtiyozlarini belgilash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, turistik zonalar va turistik klasterlarning rivojlantirilishini rag‘batlantirish kabi yo‘nalishlar shular jumlasidandir.
Bu sohada Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, davlat dasturlarini ishlab chiqish va uni ro‘yobga chiqarishni muvofiqlashtirish, turistik zonalar, turistik klasterlarni tashkil etish va ularda turizm sohasi sub’ektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, xizmatlarni sertifikatlashtirish, turistlar va ekskursantlarni sug‘urta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa turdagi yordam ko‘rsatish tartibini belgilash, byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash, turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish, mehmonxona xizmatlarini, turoperatorlar va tur agentlar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash kabi vazifalar kiradi.
Qonun normalarida turizm sohasi sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hamda xavfsizligini himoya qilish ustuvorligi, turizmni barqaror rivojlantirish va buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turizm sohasida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish, turizm sohasida oshkoralik va ochiqlik kabi asosiy prinsiplar belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Qonunda xalqaro va ichki turizm shakllari, shuningdek madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm kabi sayohat turlari mustahkamlanmoqda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining turizm sohasi tadbirlaridagi ishtiroki mexanizmlari belgilanmoqda, ular turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, jamoatchilik nazorati, bu sohada takliflar kiritish, davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdan iborat.
Ushbu hujjat mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni rivojlantirishga, pirovardida aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga ko‘maklashishi qayd etildi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan