17:14 / 21.06.2019
3 280

Shavkat Mirziyoyev: «Biz ongli ravishda odamlarni ongsiz qilishga urindik»

Shavkat Mirziyoyev: «Biz ongli ravishda odamlarni ongsiz qilishga urindik»
Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi kamchiliklarni tanqid qildi.

«Men nima uchun hadeb chet el universitetlarining filialini olib kelyapman? Chunki o‘zimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ahvol chatoq. Vaziyatni shunchaki yuzaki o‘rganganda ham bir talay muammolar kelib chiqadi, hali chuqur kirib borganimiz ham yo‘q. Talabalarning bergan savoliga universitetdagi o‘qituvchi javob berolmayapti. Chet el universitetlarida esa aniq ishlaydigan tizim bor, ularda metodologiya bor, bilimli olimlar bor», — deya Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Davlat rahbari maktablardagi holatga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Toshkent shahridagi maktablarning birida direktor bilan gaplashdim. Bo‘sh ish o‘rinlari bor, lekin tanlab oladigan kadrning o‘zi yo‘q.

Maktabingizda nechta vakant bor deb so‘radim. Shuncha, dedi. Biror marta bir necha kimyo, fizika, matematika o‘qituvchilari orasidan eng yaxshisini tanlab olganmisiz maktabingiz uchun, deb so‘radim. Yo‘q, deydi. Bitta odam kelsa, xursand bo‘lib olaman, chunki kadr yo‘q, deydi.

Ba’zi maktablarda uch smenalab o‘qish bo‘lyapti. Bular 2-3 yilda hal bo‘ladigan muammo emas.

Biz uzoq vaqt davomida bila turib, ongli ravishda odamlarimizni ongsiz qilishga urindik. Qancha kam taklif berilsa, shuncha yaxshi qabilida ish ko‘rildi. Lekin bugun kechagidek yashab bo‘lmaydi, tushuninglar», — deya ta’kidladi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: «Biz ongli ravishda odamlarni ongsiz qilishga urindik»