3 532
Xorijiy davlatlar o‘z sayyohlariga O‘zbekiston to‘g‘risida salbiy ma’lumotlar berayotgani ma’lum bo‘ldi
Xorijiy mamlakatlar tashqi ishlar vazirliklarining sayyohlar uchun rasmiy tavsiyanomalari o‘rganib chiqildi. Tahlil natijasiga ko‘ra, sayyohlarga O‘zbekiston to‘g‘risida noxolis, eskirgan ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Bu haqda Senatning 20-yalpi majlisida so‘z bordi.
Ma’lum qilinishicha, jami 66ta davlatning rasmiy idoralari tomonidan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun tavsiyanomalarida mamlakat haqida salbiy tasavvurni shakllantiruvchi m’lumotlar ko‘rsatilmoqda. Xususan:
─ O‘zbekistonning Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bilan chegaradosh ayrim hududlarida, janubiy sarhadlarda va Farg‘ona vodiysida beqaror holatlar, terroristik harakatlar bilan bog‘liq xavfsizlikka jiddiy tahdidlar mavjudligi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar berilgan;
─ mamlakatning aholi gavjum joylarida – bozorlar, poyezdlar, jamoat transportidagi talonchilik va kissavurlik hamda firibgarlik holatlari mavjudligi e’tirof etilgan, bunday holatlar turistik mavsumda avj olishi ta’kidlangan. O‘zbekiston hukumati tomonidan jinoyatchilikning aniq ko‘rsatkichlari qayd etilgan ma’lumotlar rasman nashr etilmasligi hamda ma’lumotlarning katta qismi norasmiy manbalar orqali shakllantirilishiga ham e’tibor qaratilgan;
─ ayrim xorijiy mamlakatlar viza rejimi qoidalarini buzganlik uchun sayyohlar ma’muriy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan ularga katta miqdorda jarima solinishi, ba’zida uzoq davom etadigan sud jarayonlariga jalb qilinishi, keyinchalik esa deportatsiya kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi hamda viza muddatini uzaytirish imkoniyatlarining mavjud emasligi yoki cheklanganligi haqida ham sayyohlarga ogohlantirishlar mavjud;
─ xorijiy mamlakatlar sog‘liqni saqlash sohasida O‘zbekistonda tibbiy yordam barcha joylarda mavjud emas va uning sifati juda past darajada deb hisoblashadi, shuningdek, O‘zbekistonda davolanishning hech qanday uslubini qo‘llamaslikni tavsiya etishadi;
─ O‘zbekistonda transport va infratuzilma sohasida xavf-xatarlar mavjud, yo‘llardagi shart-sharoitlar qoniqarsiz, yo‘llarning yoritish darajasi past, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilinmaydi;
─ respublikadagi jamoat binolari, aeroportlar, qo‘priklar va metro bekatlarida suratga tushish man etilganligi, telefon xizmatlari tizimining beqarorligi va ushbu xizmat turining mehmonxonalarda qimmatligi, elektr tarmog‘ida, ayniqsa, qishloq joylarida tez-tez uzilishlar sodir bo‘lib turishi to‘g‘risida axborot mavjud.
Bundan tashqari, deyarli barcha mamlakatlar O‘zbekistonga tashrif oldidan yetarlicha naqd pul olishni tavsiya etishgan va yo‘l cheklari, kredit kartalaridan poytaxt markazidagi cheklangan bank muassasalari yoki zamonaviy mehmonxonalardan boshqa joyda foydalanishning imkoni yo‘qligiga e’tibor qaratilgan.
Senat a’zolari muhokamasi xulosasiga ko‘ra, mazkur masalalarni hal etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziriga parlament so‘rovi yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgacha O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 millionga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?