“O‘zgidromet” qishning iliq harorati sabablariga oydinlik kiritdi

  • 09 yanvar 2016, 15:03
  • 6 843
  • O‘zbekiston
  • “O‘zgidromet” qishning iliq harorati sabablariga oydinlik kiritdi

    Ushbu qish mavsumi yurtimiz uchun juda iliq keldi, 2015 yil ham o‘ziga yarasha anomal haroratlari bilan tarixda qoldi. Xo‘sh, sinoptiklar 2015 yil ob-havosi borasida qanday xulosalar qilishdi. Qishning iliq haroratiga qanday omillar sabab bo‘lmoqda. Mazkur savollar bilan Darakchi.uz nashri Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Markazi Markazi bosh sinoptigi Irina Zaysevaga murojaat qildi.

    2015 yil yakuni bo‘yicha sinoptiklar qanday xulosalar qildi?

    2015 yil nihoyasiga etda, ammo yakuniy xulosalar hali chiqarilmadi – ushbu ma’lumotlarni tahlil qilishga hali vaqt kerak bo‘ladi, ammo dastlabki natijalarni hozir aytsa bo‘ladi.

    2015 yilning noyabr oyida Parijda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi mavzuidagi Konferensiya arafasida Butunjahon Meteorologik tashkiloti 2015 yil iqlimi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar aks etgan press-reliz chop etdi.

    Unda aytilishicha, Er sharida 2015 yilgi o‘rtacha havo harorati meteokuzatuvlarning butun tarixida eng yuqorisi bo‘lgan.

    Bunday anomaliyaning sabablari sifatida ikkita omil keltirilmoqda - odam faolligi ta’sirida kuchayadigan parnik effekti ta’siri, hamda bu yil favqulodda faol bo‘lgan El-Nino hodisasi (iqlim shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan Tinch okeani suvlarining yuqori qatlamida haroratning tebranishi).

    O‘zbekiston uchun haroratning yakuniy tahlili hali tugamadi, ammo bu yilni mamlakatimizning qadimiy Tashkent-Observatoriya meteostansiyasi ma’lumotlariga tayanib baholasa bo‘ladi.

    Toshkent uchun 2015 yil meteokuzatuvlarda eng issig‘i bo‘lmadi, u 2004 rekord yildan biroz ortda qolmoqda. O‘rtacha yillik harorat 2015 yilda (15.8o) bu 2004 yildan 0.1o past.

    2015 yilning ahamiyatli tomoni to‘rt mavsum ham iqlim me’yoridan iliqroq bo‘ldi, eng sezilarli farq (+2.7o) qish mavsumiga to‘g‘ri keldi.

    2015 yilning xavfli va anomal hodisalari qanday bo‘ldi?

    2015 yilning ahamiyatli havo anomaliyasi mart ohiridagi sovuqlar bo‘ldi.

    Mart oyining so‘nggida hamma er gullagan bir vaqtda Ural tumanlaridan keskin sovuq harorat kirib keldi. 29-31 mart kunlari respublikaning barcha hududlarida qor yog‘di. Harorat kechasi 2-7o sovuq bo‘ldi.

    Bu so‘nggi 50 yildagi eng sovuq mart bo‘ldi. 30-31 mart kunlari respublikamizning aksariyat hududlarida meteokuzatuvlar tarixidagi eng past harorat qayd etildi.

    2016 yilning yanvaridagi iliq haroratning sababi nimada?


    Yanvar boshlarida O‘zbekiston hududida 2015 yilning dekabr oyida qayd etilgan yuqori harorat saqlanib qolmoqda.

    Bunday iliq havoning sababi – atmosferadan janubiy-g‘arbiy oqimning ustunlik qilayotgani va u bilan chet janub hududlaridan respublika hududiga iliq va nam havoning kirib kelayotganidir.

    » » “O‘zgidromet” qishning iliq harorati sabablariga oydinlik kiritdi