O‘zbekiston Rossiyani Su-30SM ko‘p funksiyali qiruvchi samolyotlari va ularga o‘q-dori vositalarini sotib olish rejalari haqida xabardor qildi. Bu haqda RIA Novosti vaziyatdan boxabar manbaga tayangan holda ma’lumot tarqatdi.
«O‘zbekiston tomoni Rossiyaga RF tomonidan davlat eksport krediti ajratilishi hisobidan, Su-30SM ko‘p funksiyali qiruvchi samolyotlari, uchuvchilarni yerdan qo‘llab-quvvatlash uskunalari, nazorat-tekshiruv vositalari, ehtiyot qismlari, asbob-uskunalar, nishonga olish bo‘yicha aviatsion vositalar, shuningdek, parvozlar va muhandislik-texnik tarkibni tayyorlash vositalarini sotib olishdan manfaatdor ekani to‘g‘risida ma’lum qildi», - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida O‘zbekiston samolyotlarni sotib olish uchun ariza jo‘natadi.
Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat RIA Novosti’ga «O‘zbekiston tomoni Su-30SM qiruvchi samolyotlarini sotib olishga qiziqish bildirayotgani»ni tasdiqladi.
Su-30SM qiruvchisi «OKB Suxogo» tomonidan ishlab chiqilgan va Irkutsk aviatsiya zavodida seriyali ishlab chiqariladi. Su-30SM 4+ avloddagi ko‘p nishonli Su-30 og‘ir qiruvchi samolyotining so‘nggi modifikatsiyasidir.
O‘zbekiston, shuningdek, RFga MiG-29 qiruvchi samolyotlari parkini modernizatsiya qilish bo‘yicha ariza yuborgan. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yil O‘zbekistonda turli modifikatsiyadagi 12ta MiG-29 bo‘lgan, yana 18ta samolyot saqlanishda edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?