16:03 / 08.07.2019
2 907

Rossiya O‘zbekistonga 12ta Mi-35M jangovar-transport vertolyotini yetkazib beradi

Rossiya O‘zbekistonga 12ta Mi-35M jangovar-transport vertolyotini yetkazib beradi
Rossiya ikki yil ichida O‘zbekistonga 12ta Mi-35M jangovar-transport vertolyotini yetkazib beradi. Bu haqda RIA Novostiga tayangan holda Kun.uz xabar qilmoqda.

«To‘rtta Mi-35M vertolyotini yetkazib berish muddati - 2019 yil to‘rtinchi choragi, sakkizta vertolyotni - 2020 yil», - deydi agentlik manbasi.

RIA Novosti’ga Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmatidan aniqlik kiritishlaricha, Mi-35M vertolyotlari va ularga tegishli uskunalar partiyasini yetkazib berish 2017 yilda O‘zbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti doirasida amalga oshiriladi.

Vertolyotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqida 2018 yil xabar qilingandi. O‘shanda texnikaning aniq soni ochiqlanmagan.

Mi-35M jangovar-transport vertolyoti bo‘lib, jangovar harakatlar bilan birgalikda yuk tashish va evakuatsiya ishlarida ham qo‘llaniladi. Vertolyotni ikki kishi boshqaradi va 8 yo‘lovchini olib uchishi mumkin. Mi-35M kabinasiga 1500 kilogramm yuk ortish mumkin. Osma yuk sifatida esa 2400 kilogramm yukni ko‘tara oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiya O‘zbekistonga 12ta Mi-35M jangovar-transport vertolyotini yetkazib beradi