12:43 / 09.07.2019
5 823

O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo kuzatiladi
11-18 iyul kunlari O‘zbekistonda havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘lgan holda juda issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo‘lishi mumkin.

11-18 iyulda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida harorat fonining ko‘tarilishi hisobiga Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan glyatsial (muzli) sel toshqinlari o‘tishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo kuzatiladi