Moody’s O‘zbekiston va MDHdagi boshqa davlatlarda korrupsiyaning naqd pul aylanmasiga ta’sirini baholadi

  • 12 iyul 2019, 14:24
  • 596
  • O‘zbekiston
  • Moody’s O‘zbekiston va MDHdagi boshqa davlatlarda korrupsiyaning naqd pul aylanmasiga ta’sirini baholadi
    Aholi tomonidan naqd va naqdsiz to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni qo‘llashga mamlakatdagi korrupsiya hamda uning iqtisodiyotidagi dedollarlashuv darajasi ta’sir ko‘rsatadi. Moody’s reyting agentligi tahlilchilari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda RBK'ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

    Moody’s gipotezasi shundan iboratki, mamlakatda dollarlashuv darajasi qancha baland bo‘lsa, bunda fuqarolar mahalliy valyutada bank kartalari bo‘yicha to‘lovlarni shuncha kam amalga oshiradi. Sababi, odamlar unga ishonmaydi hamda ko‘pincha chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘laridan foydalanadi.

    Korrupsiya bilan ham xuddi shunday - uning darajasi qanchalik baland bo‘lsa, aholida naqd pul shuncha ko‘p bo‘ladi, ular bank kartalaridan kamroq foydalanadi, deya aniqlik kiritgan Moody’s kichik vitse-prezidenti Peter Paklin.

    2017 yil yakunlari bo‘yicha Rossiyada kartalar bo‘yicha to‘lovlar aylanmasi 63 foizni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlardan Belarus (33 foiz), O‘zbekiston (29 foiz), Qozog‘iston (27 foiz), Moldova (15 foiz), Qirg‘iziston (13 foiz), Ukraina (10%), Ozarboyjon (6%), Tojikiston (1%) va Armaniston (1 foizdan kam) joy oldi.

    Korrupsiyani qabul qilish darajasi bo‘yicha O‘zbekiston 100 balldan 29 ball yig‘di. Belarusda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etildi - 44 ball, ammo mamlakatda iqtisodiyotning dollarlashuv darajasi yuqori (oxirgi pog‘onadan uchinchi).

    » » Moody’s O‘zbekiston va MDHdagi boshqa davlatlarda korrupsiyaning naqd pul aylanmasiga ta’sirini baholadi