Kelayotgan haftada O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

  • 14 iyul 2019, 20:47
  • 2 716
  • O‘zbekiston
  • Kelayotgan haftada O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
    Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan kelgusi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 16-19 iyul kunlari:

    Qoraqalpog‘iston viloyati va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 24-29, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 24-29, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 24-29, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

    Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

    Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

    » » Kelayotgan haftada O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?