16:14 / 18.07.2019
3 186

O‘zbekistonda «Prezidentning 1000 nafar yosh kadrlari» loyihasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda «Prezidentning 1000 nafar yosh kadrlari» loyihasi tashkil etiladi
O‘zbekistonda “Prezidentning 1000 nafar yosh kadrlari” loyihasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasida 2019-2020 yillarda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha yo‘l xaritasida aytiladi.

“Prezidentning 1000 nafar yosh kadrlari” loyihasi iqtidorli yosh kadrlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu borada Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo Kengashi qarori ishlab chiqiladi.

Bajarish muddati - 2019-2020 o‘quv yili. Mas’ul ijrochilar - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi.

Shuningdek, yosh mutaxassislarni chekka hududlarga yuborishga qaratilgan “Shahardan qishloqqa” loyihasi amalga oshiriladi. Mas’ul ijrochilar - Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi.

Bundan tashqari, yoshlarga oid davlat siyosatiga mas’ullar kompetentligini aniqlash, “sotsial lift” mexanizmi samarali ishlashini ta’minlash maqsadida psixodiagnostik test (“Assessment Centre” tashkil etish) amaliyoti joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda «Prezidentning 1000 nafar yosh kadrlari» loyihasi tashkil etiladi