«O‘zgidromet»ning bildirishicha, keyingi haftaning boshida respublika hududiga yana issiq havo oqimi kirib keladi. Shuning uchun iyul oyining oxirgi va avgust oyining birinchi kunlari havo harorati yuqori bo‘ladi.
Bizning O‘rta Osiyo iqlimi uchun bu yilgi iyul oyi juda issiq keldi. Oy hali tamom bo‘lmagan bo‘lsa-da, lekin biz butun meteorologik kuzatuvlar davrida respublikamizning ko‘pgina joylari, shu jumladan Toshkent shahrida eng issiq iyul oyini boshdan kechirdik deb ayta olamiz.
11 iyuldan boshlab havo harorati me’yordan 5-7 darajaga, ayrim joylarda undan ham yuqori bo‘ldi. Masalan, Toshkentda maksimal harorat har kuni 40 darajadan oshdi, eng jazirama kunlarda 42-43 darajaga yetdi. Respublikamiz shimoli, janubiy rayonlari va cho‘l zonalarida bundan ham issiq bo‘ldi. Kunduzi harorat 44-46 darajaga ko‘tarildi.
Bunday haroratlarni bizning iqlim sharoitlarida odatdan tashqari deb bo‘lmaydi, biroq bu davrning uzoq davom etganligi anomal ob-havo hodisasidir.
Bu haftaning boshidan O‘zbekistonning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yi hududidan havo oqimi kirib kelishi natijasida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, respublikamizning cho‘l zonalarida harorat foni biroz pasaydi. Yaqin kunlarda O‘zbekistonning qolgan hududlarida ham harorat biroz pasayib, 24—26 iyul kunlari kunduzi harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi.
Keyingi haftaning boshida respublikamiz hududiga yana issiq havo oqimi kirib keladi. Shuning uchun iyul oyining oxirgi va avgust oyining birinchi kunlari yana juda issiq bo‘ladi. Biroq bu issiq qanchalik uzoq davom etishi to‘g‘risida hozircha aytish qiyin, - deya ma’lum qiladi O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi