10:12 / 24.07.2019
3 542

Prezident: Endi viloyat va tuman hokimlari, to‘rt rahbar haftasiga uch kun faqat tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi

Prezident: Endi viloyat va tuman hokimlari, to‘rt rahbar haftasiga uch kun faqat tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev o‘z raisligida 23 iyul kuni o‘tkazilgan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Qayd etish joizki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qo‘llab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan.

«Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish eng muhim masala. Aholi bandligi va farovonligini oshirishda xususiy biznes va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini tizimli hal etish zarur.

Endi viloyat va tuman hokimlari, to‘rttala rahbar haftaning dushanba, seshanba, chorshanba kunlari faqat tadbirkorlik masalalari bilan shug‘ullanadi. Tadbirkorlarning yer-suvi, boshqa muammolarini hal qiladi. Katta-katta sanoat korxonalarini qurish uchun vaqt ketadi. Odamlarga esa o‘zgarishlar bugun kerak», — dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident: Endi viloyat va tuman hokimlari, to‘rt rahbar haftasiga uch kun faqat tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi