08:43 / 25.07.2019
2 912

Orolbo‘yini rivojlantirish bo‘yicha Bill Geyts va «Koka-kola» fondlari bilan hamkorlik qilinishi mumkin

Orolbo‘yini rivojlantirish bo‘yicha Bill Geyts va «Koka-kola» fondlari bilan hamkorlik qilinishi mumkin
24 iyul kuni Tashqi ishlar vazirligi Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasiga 2019 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Tadbir davomida Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Tashqi ishlar vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Orolbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan O‘zbekiston hukumati tomonidan 200ga yaqin xalqaro tashkilotlar va fondlarga murojaat qilingan. Shuningdek, xususiy jamg‘arma fondlarini bu ishga jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Bill Geyts, «Koka-kola» jamg‘armalari bilan ham mazkur masala bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining moliyaviy yordami Orolbo‘yi muammosini hal qilish uchun jalb etilishi ko‘zda tutilgan. Shvetsiya, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlari bilan bu xususida muzokaralar olib borilmoqda. Birinchilardan bo‘lib Norvegiya donor davlat sifatida o‘rtaga chiqib, Orolbo‘yi uchun 1,2 mln yevro atrofida pul ajratishi kutilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, Orolbo‘yi hududini innovatsion texnologiyalar maydoniga aylantirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 25 oktyabr kuni Nukusda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro anjumanda 300ga yaqin xalqaro ekspertlar, olimlar va investorlar jamlanib, Orolbo‘yi muammosining yechimlari bo‘yicha aniq takliflar ilgari surilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Orolbo‘yini rivojlantirish bo‘yicha Bill Geyts va «Koka-kola» fondlari bilan hamkorlik qilinishi mumkin