12:07 / 26.07.2019
2 739

Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining o‘zidayoq mazkur aeroportni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan.

Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, rekonstruksiya mobaynida esa poyezd va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish, aholi va turistlarga muqobil qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi