21:38 / 29.07.2019
3 101

Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi haqida rasmiy ma’lumot berildi

Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi haqida rasmiy ma’lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019 yil 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk shahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Prezidentlar Minskda O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi hamda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi haqida rasmiy ma’lumot berildi