Shavkat Mirziyoyev Minskdagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi

  • 01 avgust 2019, 07:20
  • 501
  • O‘zbekiston
  • Shavkat Mirziyoyev Minskdagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
    Davlat rahbari, an’anaga ko‘ra, Belarus poytaxtidagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi.

    Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlarining tantanali marshi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Tashrifning asosiy voqealari 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

    Prezidentlar Minskda ochilgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyuradi. Tashrif dasturidan Belarus yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishish ham o‘rin olgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    » » Shavkat Mirziyoyev Minskdagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi