08:24 / 01.08.2019
2 946

Mirziyoyev Lukashenkoga xokkeychi haykalini hadya qildi (foto, video)

Mirziyoyev Lukashenkoga xokkeychi haykalini hadya qildi (foto, video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko taklifiga binoan 31 iyulda davlat tashrifi bilan ushbu davlatga bordi. U tashrifi davomida «Zaslavl» davlat qarorgohiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Belarus telegraf agentligi muxbiri.

Davlat rahbarlari qarorgoh hududida sayr qilishgan, so‘ngra bir-birlariga hadyalar ulashishgan. Aleksandr Lukashenko o‘zbekistonlik hamkasbiga «Belarus» pannosi va milliy kashtado‘zlik namunasini sovg‘a qilgan bo‘lsa, uning kenja o‘g‘li Nikolay O‘zbekiston Prezidentiga zubr haykalchasini hadya qilgan. Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Belarus davlat rahbariga xokkeychi haykalchasini sovg‘a qilgan.

Prezidentlar, shuningdek, norasmiy holatda muloqot qilishgan. Ta’kidlash joizki, uchrashuv joyi sifatida o‘zbek naqshinkor ustalari tomonidan o‘yib ishlangan shiyponcha tanlangan. Uni Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelganida hadya qilgan edi.

Foto: BelTA

Foto: BelTA

Foto: BelTA
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Prezidenti 31 iyulda rasmiy tashrif bilan Belarusga bordi. Davlat rahbarlarining muzokaralari 1 avgust kuni Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tadi.

Tomonlar mashinasozlik, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, transport va IT-sohasida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalarini muhokama qilishadi. Asosiy diqqat-e’tibor mintaqalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro mahsulotlar va xizmatlar savdosi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratiladi.

Prezidentlar birgalikda, shu kunlarda Belarus poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishni rejalashtirishgan.

Foto: BelTA

Foto: BelTA
Shavkat Mirziyoyev tashrifi dasturi doirasida Yuqori texnologiyalar parkiga borish ham belgilangan. Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 25,3 foizga ortib, 113,1 mln dollarni tashkil etgan. Belorus eksporti 28,3 foizga ortib, 88,8 mln dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonning Belarusga eksporti 15,6 foizga oshib, 24,3 mln dollarni tashkil etgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev Lukashenkoga xokkeychi haykalini hadya qildi (foto, video)