18:21 / 01.08.2019
2 445

Britaniyalik ekspertlar Toshkentga «jurnalist» tushunchasini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etmoqda

Britaniyalik ekspertlar Toshkentga «jurnalist» tushunchasini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etmoqda
Buyuk Britaniyaning Xalqaro so‘z va axborot erkinligini qo‘llab-quvvatlovchi ARTICLE 19 tashkiloti O‘zbekistonda so‘z erkinligining ta’minlanishi hamda OAV faoliyatiga bag‘ishlangan ikkita hisobot tayyorladi va e’lon qildi.

"Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ekspertlar tomonidan “Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari huquqiy jihatdan tahlil qilingan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, ARTICLE 19 tashkiloti yuqorida keltirilgan qonunlarni so‘z erkinligi xalqaro standartlariga muvofiqligi bo‘yicha tahlil qilgan holda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqqan.

Misol uchun, “Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida qator masalalar yuzasidan aniqlik kiritilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaydilar. Jumladan:

– O‘zbekiston so‘z erkinligi bilan bog‘liq qonunchilikni to‘liq baholashi va qonunlarning xalqaro huquq normalariga to‘liq mos kelishini ta’minlashi kerak. Qonunchilik, so‘z erkinligining har qanday cheklovi xalqaro inson huquqlarining uch qismli kriteriylarga qat’iyan mosligi ta’minlashi kerak;

– Qonunda “Jurnalist” tushunchasi qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Jurnalistika yanada funksional ta’rif bilan almashtirilishi va aloqa vositasi orqali jamoatchilikka axborot yig‘ish va tarqatish bilan muntazam yoki professional tarzda shug‘ullangan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga qo‘llanilishi kerak;

– Qonunga, har bir insonga (jurnalistlar va jurnalist bo‘lmaganlar) axborotni izlash va foydalanish huquqini ta’minlash to‘g‘risida o‘zgartirish kiritilishi kerak. Axborotdan foydalanishning har qanday cheklovlari xalqaro standartlar talablariga javob berishi kerak. O‘zbekiston axborot foydalanish erkinligi haqida keng qamrovli qonunni qabul qilishi kerak;

– O‘zbekistonda adliya tizimi to‘liq mustaqil va mamlakatdagi barcha inson huquqlarini yetarlicha himoya qilishi kerak. Ular barcha qonunlarni so‘z erkinligi va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga mosligini ta’minlay olishi kerak. Bunday qoidalar ichki qonunchilikning bir qismi bo‘lishi kerak. Hisobotda shu kabi ko‘plab takliflar taqdim etilgan.

Bundan tashqari, ARTICLE 19 tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni bekor qilinishi yoki tubdan qayta ko‘rib chiqilishi lozim, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha vaziyat yaxshilangani hamda inson huquqlari xalqaro standartlariga zid qonunlarni isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlanishi bildirilgan.

Xalqaro tashkilot ekspertlarining fikricha, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunda OAVlarning asosiy vazifasi — yangiliklarni e’lon qilish va hukumat ustidan jamoatchilik nazorati sifatida harakat qilish ekanligini aniq ko‘rsatilishi kerak. Davlat, uning organlari so‘z erkinligi huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishda doimo kam cheklovchi vositalardan foydalanishlarini talab qilishlari kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Britaniyalik ekspertlar Toshkentga «jurnalist» tushunchasini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etmoqda