O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi.
Ma’lumki, oxirgi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta miqdorda kreditlar berildi. Ularning 90 foizdan ziyodi davlat mablag‘laridir.
O‘tkazilgan o‘rganishlar 2017-2018 yillarda bankdan kredit olgan mingdan ortiq tadbirkorlarning loyihalari bo‘yicha yer ajratish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnoma olish, dastgohlarni keltirish va boshqa turli masalalarga doir muammolar borligini ko‘rsatgan. Bu o‘z navbatida berilgan kreditlarning qaytarilishini qiyinlashtiradi.
Shu bois Hisob palatasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga muammolari bo‘lgani uchun to‘liq amalga oshirilmayotgan loyihalar ro‘yxatini shakllantirib, ularga amaliy ko‘mak berish vazifasi qo‘yildi.
Davlat rahbari banklar ish uslubini tubdan o‘zgartirib, tadbirkorlarni ularning butun faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashi, o‘z mijozlari bilan haqiqiy ma’noda biznes-hamkor sifatida ishlashi kerakligini ta’kidladi.
Xalqaro kredit liniyalari mablag‘larini tadbirkorlik sohasiga kengroq jalb qilish, ularni o‘zlashtirish borasida mamlakatimizning har bir hududi kesimida takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tijorat banklarida tashkil etilgan “Investitsiya markazlari” orqali bu kreditlarning yo‘nalishlari va shartlari to‘g‘risida har bir mijozga to‘liq ma’lumot berish zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilishda faoliyatini to‘xtatgan kichik biznes sub’ektlarini qayta tiklash masalalari ham tahlil qilindi. Mutasaddilarga soliq va statistika ma’lumotlarini tahlil qilib, har bir korxonaning faoliyat ko‘rsatmaslik sabablarini aniqlash vazifasi qo‘yildi. Hokimlarning tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va joylardagi iqtisodiy kompleks idoralari rahbarlari faoliyatini tiklash imkoni bo‘lgan korxonalar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal etishga yordam berishi kerakligi ta’kidlandi.
Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni tiklash, ish o‘rinlarini legalizatsiya qilish, yangi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish hisobiga soliq bazasini kengaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?