“Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra ushbu maqom iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida xayriya faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.
Ushbu maqom prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin. Bunda qaror Senat tomonidan qabul qilinadi, guvohnoma esa Senat raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.
Agar ushbu tashabbus davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan berilgan bo‘lsa, qaror tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Ushbu maqom O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi