12:57 / 06.08.2019
2 392

Abdulaziz Komilov Anqarada Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy tashabbuslarini tushuntirdi

Abdulaziz Komilov Anqarada Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy tashabbuslarini tushuntirdi
2019 yilning 5 avgust kuni Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya elchilarining XI yillik konferensiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Turkiya elchilarining yillik konferensiyalari 2008 yildan beri Turkiya Respublikasining barcha favqulodda va muxtor elchilari ishtirokida o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir mamlakatning siyosiy va diplomatik faoliyatini takomillashtirish, xalqaro maydonda ichki va idoralararo muvofiqlashtirishni kuchaytirish va serqirra tashqi siyosat yuritishda muhim rol o‘ynaydi, deyiladi TIV xabarida.

Bu yili konferensiyaga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadi, BMTning Livandagi maxsus koordinatori Yan Kubish, BMT bosh kotibining Liviya bo‘yicha maxsus vakili Gassan Salame va boshqa yuqori mansabdor shaxslar ham taklif etilgan.

O‘z nutqida O‘zbekiston TIV rahbari qayd etganidek, uning bunday tadbirda ishtirok etishi ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatning yuqori darajasining yorqin namunasidir.

Vazir ta’kidlaganidek, 2017 va 2018 yillarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashriflari bugungi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi.

O‘z nutqida Abdulaziz Komilov jahon va Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning holati va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha O‘zbekiston qarashlari to‘g‘risida so‘zlab berdi, mintaqaviy va global tahdidlarga to‘xtaldi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning keng makro-mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosiy tashabbuslarini tushuntirdi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulaziz Komilov Anqarada Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy tashabbuslarini tushuntirdi