8 avgust kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

  • 07 avgust 2019, 16:20
  • 1 231
  • O‘zbekiston
  • 8 avgust kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
    Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 avgust kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-26 daraja, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43, ayrim joylarda 44-45 darajagacha issiq bo‘ladi.

    Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

    Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

    » » 8 avgust kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti