11:18 / 10.08.2019
2 304

Mun Chje In koreys millati vakillariga ko‘rsatilayotgan iliq munosabat uchun O‘zbekiston xalqiga tashakkur izhor qildi

Mun Chje In koreys millati vakillariga ko‘rsatilayotgan iliq munosabat uchun O‘zbekiston xalqiga tashakkur izhor qildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasini qutlar ekan, joriy yil aprel oyida O‘zbekistondagi iliq va samimiy qabul uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yana bir bor o‘z minnatdorligini bildirdi.

Mun Chje In O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va yangilanishlarga yuqori baho berdi, deyiladi xabarda.

Koreya Respublikasi prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishlarda faol rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Davlat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin va ishonchli aloqalar O‘zbekiston-Koreya munosabatlari alohida strategik sheriklikning yangi pog‘onasiga ko‘tarilishiga zamin yaratdi.

Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati
Uchrashuvda Mun Chje In tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarilayotganini, O‘zbekistonda ularni amalga oshirish uchun monitoring guruhi tashkil etilganini ta’kidlab, bu borada yuzaga keladigan barcha masalalarni shaxsan o‘zi hal etishga tayyor ekanini bildirdi.

O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari tinch-totuv yashayotganligini ta’kidlar ekan, Koreya yetakchisi O‘zbekistonda koreys millati vakillariga ko‘rsatilayotgan iliq munosabat uchun O‘zbekiston xalqiga yana bir bor o‘z tashakkurini izhor qildi.

Uchrashuv yakunida Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga chuqur hurmati va ehtiromini izhor qildi, o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga umid bildirdi va Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasiga tashrif buyurishini taklif qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mun Chje In koreys millati vakillariga ko‘rsatilayotgan iliq munosabat uchun O‘zbekiston xalqiga tashakkur izhor qildi