18:30 / 11.08.2019
3 452

Kelasi hafta O‘zbekistonda havo harorati ancha pasayadi

Kelasi hafta O‘zbekistonda havo harorati ancha pasayadi
Respublika Gidrometeorologiya markazi 13-16 avgust kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 avgustda 13-18, 16 avgustda 15-20 daraja issiq bo‘ladi, kunduzi 13-14 avgustda 23-28, 15-16 avgustda 28-33 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 13 avgustda 30-35, 14-16 avgustda 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 avgustda 18-23, 14-16 avgustda 15-20, kunduzi 13 avgustda 30-35, 14-15 avgustda 25-30, 16 avgustda 27-32 daraja issiq bo‘ladi,.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 avgustda 20-25, 14 avgustda 18-23, 15-16 avgustda 15-20, kunduzi 13 avgustda 32-37, 14-16 avgustda 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 avgustda kechasi 18-23, kunduzi 30-35, 14-16 avgustda kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-14 avgustda 12-17, 15-16 avgustda 10-15 bo‘ladi, kunduzi 13 avgustda 20-25, 14-16 avgustda 15-20 daraja issiq bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kelasi hafta O‘zbekistonda havo harorati ancha pasayadi