Ayrim banklarda dollar 9100 so‘mgacha ko‘tarildi

  • 16 avgust 2019, 09:37
  • 858
  • O‘zbekiston
  • Ayrim banklarda dollar 9100 so‘mgacha ko‘tarildi
    16 avgust kuni O‘zbekistondagi ba’zi banklar dollarni 9100 so‘mdan sotishni, 9055 so‘mdan sotib olishni boshladi. So‘nggi uch kun ichida banklarda dollar kursi kamida 100 so‘mga oshdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

    Amerika valyutasi birjada ham o‘sib bormoqda. 15 avgust kuni O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar yakuni bo‘yicha 1 AQSh dollari 9061 so‘mni tashkil etdi, bu 14 avgustdagi narxdan 45 so‘mga ko‘proq.

    Avgust oyi boshida keskin pasaygan birjadagi savdo hajmi asta-sekin tiklanishda davom etmoqda hamda 15 avgust natijalariga ko‘ra, 111 million dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 8 avgustdan 13 avgustgacha savdo hajmi 95 million dollarni tashkil qildi. Bunda dollar 8950 so‘mdan savdo qilingan.

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 179 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 9061 so‘mga yetgan. Bu ilk bor rasmiy kurs 9000 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ayrim banklarda dollar 9100 so‘mgacha ko‘tarildi