21:35 / 16.08.2019
5 999

O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuniga necha kun dam olishlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuniga necha kun dam olishlari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston aholisi Mustaqillik kuni munosabati bilan bir necha kun dam olishadi.

2018 yil dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi.

Hujjatga ko‘ra, haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar 31 avgustdan 3 sentyabrgacha (4 kun), 6 kunlik ishda mashg‘ul bo‘lganlar esa 1-3 sentyabr kunlari (3 kun) dam olishadi.

Dam olish kunlari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

- 31 avgust (shanba) – kalendar bo‘yicha dam olish kuni;
- 1 sentyabr (yakshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni;
- 2 sentyabr (dushanba) – qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
- 3 sentyabr (seshanba) - 7 sentyabr, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Farmonda aytilishicha, qo‘shimcha ishlanmaydigan kun (2 sentyabr) ishchilarning har yilgi mehnat ta’tillari davomiyligining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga kompensatsiyalanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuniga necha kun dam olishlari ma’lum bo‘ldi