23:40 / 16.08.2019
3 048

TIV: Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrifga tayyorgarlik ko‘rmoqda

TIV: Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrifga tayyorgarlik ko‘rmoqda
16 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o‘rtasidagi muntazam aloqalar davomida erishilgan kelishuvlarni amaliy tatbiq etish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qildi.

Vazirlar O‘zbekiston—Turkmaniston munosabatlarining, xalqaro va mintaqaviy siyosatning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha ikki mamlakat mavqelari yaqinligi va mos kelishini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik, barqaror rivojlanish va farovonlikni ta’minlash, mintaqaning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy va ilmiy markazlardan biri sifatidagi tarixiy rolini tiklash bo‘yicha vazifalar atrofida jamlangani ta’kidlandi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi.

Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent—Ashxobod havo yo‘lini tiklash, ikki mamlakatning viloyat markazlari o‘rtasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning o‘zaro tashriflari tartibini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra vazirlar O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020—2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » TIV: Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrifga tayyorgarlik ko‘rmoqda