O‘zbekiston beshinchi marta o‘tkazilgan Xalqaro armiya o‘yinlari ArMI-2019 musobaqalari natijalariga ko‘ra 5-o‘rin egalladi.
Musobaqalarda 39 ta davlatdan 223 ta jamoa va 5 mingdan ko‘proq harbiy ishtirok etdi. 10 ta davlat hududida umumiy hisobda 32 ta tanlov o‘tkazildi: 15 ta musobaqa Rossiyada, 4 ta Xitoyda, 3 ta Qozog‘istonda, ikkitadan Belarus va Eronda hamda bittadan musobaqa Ozarboyjon, Armaniston, Hindiston, Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda ham musobaqalardan biri o‘tkazildi: “Forish” poligonida “Harbiy-tibbiy estafeta” bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik harbiylar 14 ta tanlovda ishtirok etishib, 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Eron, Armaniston, Ozarboyjon, Mo‘g‘uliston va Hindiston egalladi.
Hamyurtlarimiz “Elbrus halqasi” tanlovi doirasida Yevropa va Rossiyaning eng baland cho‘qqisi bo‘lmish Elbrusga ko‘tarilishda hamda “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida birinchi bo‘lishdi.
ArMIda 1-o‘rinni 31 ta medal bilan Rossiya, 2-o‘rinni 12 ta medal bilan xitoyliklar egalladi. 3- va 4-o‘rinlar Qozog‘iston va Belarus harbiylariga nasib etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi