13:20 / 22.08.2019
3 898

Andijonda sohta IIB tergovchisi qoʻlga olindi

Andijonda sohta IIB tergovchisi qoʻlga olindi
Fuqaro E.Gʻning Andijon viloyati IIB qilgan murojaatiga koʻra, joriy yilning 25-iyun kunidan 16-avgust kuniga qadarli boʻlgan vaqt oraligʻida ismini “Sardor” deb tanishtirgan fuqaro oʻzganing mulkini tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida oʻzini viloyat IIBda tergovchi lavozimda ishlashligini aytib, fuqaro E.Gʻning shaxsiy hayotiga oid sir saqlanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish hamda bu uchun jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortirib yuborishligi bilan qoʻrqitib, undan 300 AQSH dollari talab qilgan. Fuqaro E.Gʻning qoʻrqib ketgani va yordam berishni iltimos qilganidan foydalanib, undan 200 AQSH dollari, 225 ming soʻm puli boʻlgan plastik kartasini va narhi 950 ming soʻmga teng boʻlgan “RedMI A5” rusumli mobil telefon vositasini olib, tovlamachilik jinoyatini sodir etgan.

Olingan tezkor maʼlumotga asosan, joriy yilning 16-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Oʻz havfsizligi boshqarmasi Andijon viloyati boʻyicha boʻlimi hamda jinoyat qidiruv boshqarmasining masʼul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Oʻzini IIB xodimi “Sardor” deb tanishtirgan shaxs boshqaruvida boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashina toʻhtatib tekshirib koʻrilganida, avtomashina saloni va yukxonasida fuqaro E.Gʻ ga tegishli boʻlgan 1 dona plastik kartochka, qoʻrqitish yoʻli bilan E.Gʻ nomidan yozilgan tushuntirish xati borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan surishtiruv ishlari davomida, oʻzini viloyat IIB da tergovchi boʻlib ishlovchi “Sardor” deb tanishtirgan shaxs, aslida fuqaro A.A ekanligi, ichki ishlar idoralari tizimida esa umuman faoliyat yuritmasligi maʼlum boʻldi.

Yuqoridagi holat yuzasidan fuqaro A.A ga nisbatan 2019-yilning 16-avgust kuni Andijon shahar IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 2019-yilning 17-avgust kuni fuqaro A.A Oʻzbekiston respublikasi JK 165-166 moddalari bilan sudda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, shu kundan boshlab unga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudi tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻlanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijonda sohta IIB tergovchisi qoʻlga olindi