18:41 / 22.08.2019
2 994

1-noyabrdan hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish kechikkani uchun jarima qoʻllanmaydi

1-noyabrdan hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish kechikkani uchun jarima qoʻllanmaydi

2019-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolar hisoblagichlarini qiyoslovdan oʻtkazish va taʼmirlatish uchun oʻzlari olib bormaydi. Bu oʻzgarish haqida “Oʻzstandart” agentligi mutasaddilari ishtirokida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.

“Qiyoslash bilan bogʻliq muammolar koʻp koʻzga tashlanayotgan edi. Chunki ayrim hollarda «Energotaʼminot” xodimi kelib vaqtida qiyoslovdan oʻtmabdi, degan mazmunda jarimaga tortib ketardi. Fuqarolar hisoblagichni koʻtarib oʻzlari mutasaddi tashkilotlarga qiyoslov uchun borishi ham koʻpchilik uchun yoqimli holat emas edi.

Endi esa “Energotaʼminot” ogohlantirgandan soʻng fuqaro ishini bitta elektron buyurtma yuborish orqali hal qiladi. Buyurtmani oʻzi onlayn yubora olmaganlar esa Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi. Va u yerda fuqaroning nomidan ariza tizimga kiritib beriladi.

Hisoblagichni yechish, qiyoslash, uni oʻrnatish energiya taʼminot korxonalari zimmasiga tushadi», deya ushbu imkoniyatning mazmuni haqida maʼlumot berib oʻtdi “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori Dilshod Sattorov.

Bundan tashqari, Dilshod Sattorovning qayd etishicha, agar hisoblagichlarda nosozlik qayd etilib, fuqaro ariza beradigan boʻlsa, energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar uni almashtirish yoki tuzatish kabi holatlarning barchasiga toʻliq javobgar boʻladi.

Qiyoslashdan oʻtkazish muddati ham 1-noyabrdan uzaytirilishi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, fuqarolar har 8 yilda (ilgari 4 yilda edi), tadbirkorlar 4 yilda (oldin 2 yilda), yangicha tizim asosida hisoblagich oʻrnatganlar esa 10 yilda 1-marta hisoblagichlarini qiyoslovdan oʻtkazishlari kerak boʻladi.

“Qiyoslovdan oʻtkazish uchun fuqaro bir marta toʻlov qiladi. Shuning oʻzi bilan hisoblagichni taʼmirlash yoki almashtirish kabi zarur amallar bajariladi. Agar qiyoslov muddati oʻtgan boʻlsa ham, hech kim uni oldingiday jarimaga tortmaydi”, deydi “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori.

Shuningdek, matbuot anjumanida hozir “Oʻztsandart” agentligiga kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy foizi hisoblagichlar bilan bogʻliqligi, 1-noyabrdan ishga tushadigan yangi tizim esa tashkilotning ishini osonlashtirish va imijini yaxshilashga yordam berishi mumkinligi aytib oʻtildi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1-noyabrdan hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish kechikkani uchun jarima qoʻllanmaydi