20:20 / 22.08.2019
3 045

2020-yildan boshlab Toshkentda “aqlli” svetoforlar oʻrnatiladi

https://s.daryo.uz/wp-content/uploads/2019/08/LFb8Oh15403980817941_l-680x453.jpg
Foto: Spot
Loyiha “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimni yaratish doirasida amalga oshiriladi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimni yaratish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilindi.

Qaror bilan 2020-yil oxiriga qadar Toshkentda videokuzatuv kameralari, ekodatchiklar, “aqlli” svetoforlar oʻnatiladi.

Loyiha poytaxtda “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimni yaratish doirasida AKT vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, IIV, Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat organlari, shu jumladan, yoʻl harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashni boshqarishning mavjud kompyuterlashtirilgan tizimi hamda boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari mazkur tizim bilan bogʻlanadi.

Shuningdek, yoʻl harakati qoidalari buzilish holatlarini foto-video qayd qilish, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatli obyektlar monitoringini olib borish, avtomobil turar joylari va toʻxtash joylarini tartibga solish, shuningdek, ekologik nazorat tizimlari joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2020-yildan boshlab Toshkentda “aqlli” svetoforlar oʻrnatiladi