“Oʻzneftgazinspeksiya” oʻtkazayotgan tekshirishlarda gaz oʻgʻirlash holatlari fosh etilmoqda

  • 22 avgust 2019, 22:02
  • 754
  • O‘zbekiston
  • “Oʻzneftgazinspeksiya” oʻtkazayotgan tekshirishlarda gaz oʻgʻirlash holatlari fosh etilmoqda
    Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

    “Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tekshiruvlarida tabiiy gaz isteʼmoli bilan bogʻliq qator qonunbuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    2019-yil 1-yanvardan 15-avgustgacha hammasi boʻlib tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 1763 nafar isteʼmolchi aniqlandi. Aybdorlarga tegishli chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga topshirilgan boʻlib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, noqonuniy tarzda foydalanilgan gaz miqdori 39 780 ming kub metrni, yaʼni 40 milliard soʻmni tashkil etadi.

    Birgina avgust oyining birinchi 15 kunida tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 187 ta ulgurji isteʼmolchi aniqlangan boʻlib, noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 3 200 ming kub metrni, shunindek, 3 milliard soʻmni tashkil etgan.


    Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

    Misol uchun, Navoiy viloyatining Karmana tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi “Bahor Inter Aziya” korxonasi tomonidan 417 ming kub metr gaz oʻgʻirlangan. Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida joylashgan “Jarqoʻrgʻonneft” AJga qarashli “Qumqoʻrgʻon Estakadasi”da 213 ming metr kub gazni qonunga zid tarzda isteʼmol qilingan. Shu kabi holatlar ohak ishlab chiqaruvchilari tomonidan ham sodir etilib, jumladan, “Qirobod mavjlari” MCHJ (Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani) 75 ming kub metr gazni talon-toroj qilgan, “Orbita globus” MCHJ (Toshkent shahri Yashnobod tumani) tomonidan 219 ming kub metr gaz oʻgʻirlangan va “Domteks” MCHJ tomonidan (Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani) 330 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani maʼlum boʻldi.


    Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

    Mamlakatning boshqa hududlarida yuqoridagi kabi qonunbuzarliklarni sodir etgan 101 ta isteʼmolchi fosh etilib, oʻgʻirlangan tabiiy gaz miqdori 1 396 ming kub metrni tashkil etishi aniqlandi.

    “Oʻzneftgazinspeksiya” ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni xoʻjalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga amal qilinishi va bu boradagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik choralari koʻrilishi haqida doimiy tarzda xabardor qilib bormoqda. Tabiiy gazdek qimmatbaho energiya manbai milliy boylik boʻlib, undan qonunga xilof tarzda foydalanish, davlat manfaatlariga sezilarli zarar yetkazish holatlariga qatʼiy chora koʻriladi.

    Energetika vazirligi barcha isteʼmolchilardan tabiiy gaz xom ashyoni tejamkorlik bilan sarflashni, undan oqilona foydalanishni va bu boradagi qonunchilikka qatʼiy rioya etishni soʻraydi, deyiladi xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “Oʻzneftgazinspeksiya” oʻtkazayotgan tekshirishlarda gaz oʻgʻirlash holatlari fosh etilmoqda