Foto: “Fotolia”
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) organizmga tushayotgan mikroplastikni odamlar salomatligi uchun xavfli deb hisoblamaydi, biroq olimlarni uning taʼsirini oʻrganishga chaqirdi. Bu haqda Xabar.uz xabar berdi.
“Biz zudlik bilan plastmassa mikrozarralarining salomatlikka taʼsiri haqida chuqur bilimga ega boʻlishimiz zarur, negaki bu zarralar har joyda bor, jumladan, biz ichayotgan suvda ham. Bizdagi mavjud maʼlumotlarga koʻra hozirgi kunda ichimlik suvidagi mikroplastik konsentratsiyasi salomatlik uchun xavf solmaydi. Biroq biz koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlishimiz zarur. Shuningdek, butun dunyoda plastik ifloslanish oʻsishini toʻxtatishimiz zarur”, — dedi JSST departament direktori, doktor Mariya Neyra.
JSST maʼlumotiga koʻra, 150 mikrometrdan yirikroq plastmassa mikro zarralari odam organizmiga soʻrilmaydi.
Shuningdek, tashkilot vakillari mikroplastik uchta shaklda xavf tugʻdirishidan ogohlantirdi: u odam uchun fizik xavf solishi mumkin, mikroplastikdan ajralib chiqqan kimyoviy modda organizmni zaharlashi, bundan tashqari, mikroplastikdagi mikroorganizmlar ham toksik xususiyatga ega boʻlishi ehtimoldan xoli emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi