23:23 / 22.08.2019
3 393

Toshkentda oʻgʻrilar fuqaroning uyiga kirib 13,5 mln soʻmi, noutbuki va qimmatbaho taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketdi

Toshkentda oʻgʻrilar fuqaroning uyiga kirib 13,5 mln soʻmi, noutbuki va qimmatbaho taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketdi
Foto: “Upl 24”

Toshkent shahrida fuqaroning uyiga deraza orqali kirib, pul va boshqa anjomlari oʻgʻirlab ketildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

18-avgust kuni nomaʼlum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 48 yoshli U.M.ning uyiga deraza oynasi orqali kirib, xonasidan 13 500 000 soʻm puli, HP rusumli noutbuki va 3 turdagi zargarlik buyumlarini oʻgʻirlab ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chevar koʻchasida yashovchi 28 yoshli P.T. va Uygʻur tor koʻchasida yashovchi 31 yoshli X.Sh. sodir etganliklari aniqlanib ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda oʻgʻrilar fuqaroning uyiga kirib 13,5 mln soʻmi, noutbuki va qimmatbaho taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketdi