06:43 / 26.08.2019
2 745

Endi davlat byudjeti xalq muhokamasidan o‘tadi

Endi davlat byudjeti xalq muhokamasidan o‘tadi
Endi byudjet jarayonida fuqarolar faol ishtiroki etishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari mahalliy byudjetlarning parametrlarini va ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi.

Senatning 21-yalpi majlisi 2-kunida senatorlar prezident qaroriga ko‘ra Byudjet kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishgan.

Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, Moliya vazirligi:
- prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet mo‘ljallari;
- Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini ta’minlaydi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi davlat byudjeti xalq muhokamasidan o‘tadi