10:00 / 02.09.2019
3 499

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 2 - 5 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 sentyabrda 12-17 daraja, 5 sentyabrda 8-13 daraja iliq, kunduzi 2 sentyabrda 25-30 daraja, 3-5 sentyabrda 20-25 daraja issiqqacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda 12-17 daraja, 3-4 sentyabrda 15-20 daraja iliq, kunduzi 2-3 sentyabrda 28-33 daraja, 4-5 sentyabrda 23-28 daraja issiqqacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda 12-17 daraja, 3-4 sentyabrda 15-20 daraja iliq, kunduzi 2-3 sentyabrda 27-32 daraja, 4-5 sentyabrda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda 13-18 daraja, 3-5 sentyabrda 15-20 daraja, kunduzi 2-3 sentyabrda 30-35 daraja, 4-5 sentyabrda 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi, 3-5 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-3 sentyabrda 13-18 daraja, 4-5 sentyabrda 15-20 daraja iliq, kunduzi 2-3 sentyabrda 25-30 daraja, 4-5 sentyabrda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 2-3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda 10-15 daraja, 3-5 sentyabrda 8-13 daraja, kunduzi 2-3 sentyabrda 17-22 daraja, 4-5 sentyabrda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?