Yangi hafta avvalida ob-havo keskin o‘zgaradi

  • 07 sentyabr 2019, 15:32
  • 1 893
  • O‘zbekiston
  • Yangi hafta avvalida ob-havo keskin o‘zgaradi
    O‘zbekistonda kuz fasli boshida ob-havo odatda quruq va kam bulutli bo‘ladi. Tunlari havo salqinlashadi, ertalab esa tetiklik baxsh etadi, kunduzi deyarli yozdagidek isib ketishi mumkin.

    «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bu yil kuz noodatiy boshlandi. Sentyabrning birinchi kuniyoq respublika ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, harorat 25-28 darajagacha tushib ketdi. Bu yilning shu davri uchun xos bo‘lgan haroratdan 3-5 darajaga pastdir. Keyinchalik Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havoning kirib turishi sababli harorat shunday saqlanib turdi.

    Yangi hafta avvalida, dushanba kuni ob-havo keskin o‘zgaradi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzgi havo harorati 17-22 darajagacha tushadi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kamroq, harorat ham biroz — 20-25 darajagacha pasayadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

    Sentyabr oyi va ayniqsa uning birinchi yarmida haroratning bunday keskin pasayishi uzoq davom etmaydi. Seshanbadan boshlab yana yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yana bir kunga cho‘zilishi mumkin. Tungi va ertalabki soatlarda ancha salqin — harorat 8-11 daraja bo‘ladi, kunduzgi harorat ko‘tarilib boradi, lekin shunga qaramasdan iqlimiy me’yorlardan past bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yangi hafta avvalida ob-havo keskin o‘zgaradi