09:32 / 09.09.2019
3 522

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 10 - 13 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 sentyabrda 8-13 daraja, 12-13 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 20-25 daraja, 11-13 sentyabrda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 sentyabrda 8-13 daraja, 12-13 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 22-27 daraja, 11-13 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 20-25 daraja, 11 sentyabrda 23-28 daraja, 12-13 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 23-28 daraja, 11-13 sentyabrda 26-31 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11-13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 10 sentyabrda 15-20 daraja iliq, 11 sentyabrda 20-25 daraja, 12-13 sentyabrda 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 11-13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 sentyabrda 3-8 daraja, 13 sentyabrda 6-11 daraja, kunduzi 10 sentyabrda 10-15 daraja, 11-13 sentyabrda 15-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?