Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim belgilandi

  • 12 sentyabr 2019, 14:48
  • 743
  • O‘zbekiston
  • Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim belgilandi
    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

    Hujjat mamlakatlar o‘rtasida madaniy, ilm-fan, ta’lim almashinuviga, investitsion iqlimni yaxshilashga va mamlakat turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.

    Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qilgan holda qaytish aviachiptasi mavjud bo‘lgan shartlarda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

    Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim belgilandi