Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaraoldi hududlarini almashdi — Karkidon suv ombori toʻligʻicha Oʻzbekistonga oʻtdi

  • 13 sentyabr 2019, 12:02
  • 3 051
  • O‘zbekiston
  • Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaraoldi hududlarini almashdi — Karkidon suv ombori toʻligʻicha Oʻzbekistonga oʻtdi
    Qirgʻiziston hukumatining Oʻsh viloyati maʼmuriyatidagi vakolatxonasi Oʻzbekiston bilan yer maydonlari almashilganini tasdiqladi.
    Oʻzbekistonga Oʻsh viloyati Aravon tumanining Toʻyamoʻyin okrugidagi, Karkidon suv ombori yonidagi yer maydoni berilgan.
    Oʻzbekiston esa Qirgʻizistonga Gulbahor qishlogʻi yonidagi yerni bergan. Chegaralar demarkatsiyasi joriy haftada oʻtkaziladi.

    Hududlar almashinuvi chegarani surishga imkon beradi.
    Ikkala hudud ham bir xil maydonga ega – 407 gektardan. Oʻsh viloyati maʼmuriyatida maʼlum qilinishicha, hududlar almashilishi Qirgʻiziston tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

    “Bu almashinuvga Qirgʻiziston tomonidan anchadan beri tashabbus bildirib kelingandi. Soʻnggi muzokaralar vaqtida chegaraning demilitatsiyasi boʻyicha kelishuvga erishilgandi”, deb aytgan Oʻsh viloyati maʼmuriyati matbuot kotibi Nurqiz Qodirbek qizi.

    Gulbahor qishlogʻi Aravon viloyatiga kiraverishda, Oʻsh shahriga olib boruvchi yoʻl boʻyida joylashgan. Avval ushbu yoʻlning bir qismi Oʻzbekistonga tegishli boʻlgan, endi esa u toʻliq Qirgʻiziston hududidan oʻtadi. Avval qirgʻizistonliklar qoʻshni qishloqqa Oʻzbekiston hududi orqali oʻtishlariga toʻgʻri kelgan.

    Suv omborining butun hududi va sohilboʻyi Oʻzbekistonga tegishli boʻladi. Qirgʻizistonning Karkidon qishlogʻi aholisi suv omboridan chiquvchi daryodan foydalana oladi.

    Avvalroq, 10-sentyabr kuni Qirgʻizistonning Aravon tumanidagi Karkidon suv ombori atrofida oʻzbek harbiylari tomonidan toʻsiqlar oʻrnatilishi mahalliy aholi noroziligiga sabab boʻlgani haqida xabarlar tarqalgandi.

    Mahalliy hokimiyat Oʻzbekiston bilan yerlar almashilgani, delimitatsiya yakunlangani, biroq demarkatsiya hali oʻtkazilmaganini maʼlum qilgan. Barcha jarayonlar yakunlanmaguncha toʻsiqlarni oʻrnatish mumkinmasligi va hukumat ishlar toʻxtatilishiga vaʼda berishi aytilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaraoldi hududlarini almashdi — Karkidon suv ombori toʻligʻicha Oʻzbekistonga oʻtdi